Gidrometeorologiya markazi O`zbekistonda qachon havo harorati pasayishini ma`lum qildi.
Ma`lumotlarga ko`ra, 26 - 27 yanvar kunlari havo harorati pasayishi kutilmoqda.
25 yanvar kuni faqat Qoraqalpog`iston va Xorazmda, 26 - 27 yanvar kunlari respublika bo`ylab yog`ingarchilik kuzatiladi. 27 yanvar kungi yomg`ir qorga aylanishi mumkin. Deyarli barcha hududlarda tuman tushishi mumkin.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 26 - 27 yanvar kunlari kechasi havo harorati -7 darajagacha, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo vilyaotlarida -3 darajagacha soviydi.





