“Real” o`z hujumchisi Krishtianu Ronalduga Marokkoga, kikbokschi do`sti Badr Xarinikiga tez-tez borishni taqiqladi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.
Madrid klubi rahbariyati guruhdagi tartib-intizomni yaxshilab, “Real” imijini buzmaslikni maqsad qilmoqda. Klub prezidenti Florentino Peres Marokko qiroli Muhammad VI dan futbolchi taqiqni buzgan holda unga ma`lum qilishini so`ragan.
Dekabr oyi avvalida “Real” klubi mashg`ulotlaridan so`ng Ronaldu o`z samolyotida Marokkoga, do`sti Xarinikiga uchib ketgani ma`lum qilingan edi.





