AsosiyJamiyat

2015 yilda Toshkentda uylarning narxi 13 foizga arzonlashdi

2015 yilda Toshkentda turar-joylarning narxi 13 foizga arzonlashdi, deb xabar beradi “Uz24.uz”.

G`ishtli uylar narxi o`rtacha 10 foiz, panelli uylar esa 13 foizga arzonladi. O`tgan yil dekabr oyining o`zida narxlar 3 foizga pasaydi. 

Bir, ikki va uch xonali uylarning narxi arzonlashayotgan bir vaqtda to`rt xonali uylarning bahosi aksincha, ko`tarildi. 

Qayd etilishicha, yil so`nggida poytaxtning markaziy hududida joylashgan uylarning bahosi tushgan bo`lsa, chekkaroq hududlardagi turar-joylarning narxlari qimmatlashdi. 

Yaqin oylar ichida narxlarning o`zgarib turishi davom etadi. Taxmin qilinayotgan narxlar dinamikasi 1-2 foizni tashkil qiladi.

    Boshqa yangiliklar