Alisher Uzoqovning anchadan beri TV orqali ko`rinmay qolishi, uning muxlislari o`rtasida turli mish-mishlar kelib chiqishiga sabab bo`ldi. Kimdir uni “vafot etdi”ga, boshqa birov esa “og`ir kasal”ga chiqargan edi. “Qalampir.uz” sayti mish-mishlarga oydinlik kiritish maqsadida aktyor bilan bog`landi.
“Shukur tirikman! Muxlislar Alisher Uzoqov saraton kasaliga chalingan degan gaplarga ham yo vafot etibdi, degan mish-mishlarga ham ishonishmasin.
Sog`ligimdan hech qanday shikoyatim yo`q. Odamlarni bilasiz-ku, ko`rmasdan, bilmasdan turib yangi gaplarni o`ylab topishadi. Shu kunlarda yangi film ustida ish boshlaganman. Ayni vaqtda o`z uyimda ssenariy yozib o`tiribman”,— dedi aktyor





