2015 yili poytaxt yo`llarida jamoat transporti haydovchilari tomonidan sodir etilgan 5 ming dan ortiq qoidabuzarliklar qayd qilingan, deb yozadi “Uz24.uz”.
O`tgan yili Toshkentda jamoat transporti ishtirokidagi YTH soni 33 foizga, avtobus haydovchilari aybi bilan sodir etilgan hodisalar soni 37.6 foizga, og`ir oqibatlarga olib kelgan avtohalokatlar soni 100 foizga qisqargan.
IIV Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma`lumotlariga ko`ra, poytaxt ko`chalarida yo`l harakati qoidalarini buzgan avtobus haydovchilariga nisbatan jarima belgilangan. Takror sodir etilgan qoidabuzarliklar uchun haydovchilar ishdan bo`shatilgan.
Toshkentda 2015 yil davomida jamoat transporti haydovchilaring 150 nafardan ortig`i ishdan olingan.





