Namangan viloyatida yo`qolgan pasportni tiklab beraman, degan yolg`on va`da bilan fuqaroni 200 dollarga chuv tushirgan firibgar ayol ushlandi,deb xabar beradi “1News.uz” nashri.
Ma`lumotlarga ko`ra, Rossiyaga ishlagani borgan namanganlik ayol pasportini yo`qotib qo`ygan. Moskvadagi O`zbekiston elchixonasidan qaytish guvohnomasi olib, yurtiga qaytib kelgan. So`ng u “ilgari pasport stolida ishlagan” ayolga pasport qildirib berishi uchun 200 dollar pul bergan. Ismi oshkor etilmagan ayol katta mansabdor bilan gaplashib, pasport to`g`irlab berishini aytgan. Ammo pirovardida u firibgar bo`lib chiqqan.
Firibgar ayol tegishli jazoga tortilganligi ta`kidlanmoqda.





