AsosiyShou-biznes

Aktrisa Sitora Farmonova Bishkek jamoasi tarkibida KVN festivalida qatnashadi

Aktrisa Sitora Farmonova Bishkekning «Aziya MIX» jamoasi tarkibida Sochidagi KVN festivali — «KiViN—2016»da qatnashmoqda.

Aktrisa Sitora Farmonova 2015 yildan Bishkekning «Aziya MIX» jamoasi tarkibida KVN musobaqalarida ishtirok etib kelmoqda. «Men KVN bilan kasallanganman. KVN borida, men hamma narsani: safarlar, gastrollar, tasvirga olish ishlarini qoldiraman yo bekor qilaman», —dedi aktrisa.

Bishkekning «Aziya MIX» jamoasi 2011 yilda tashkil etilgan bo`lib, 2015 yilda jamoa tarkibi yangilangan. Jamoa osiyoliklardan — tojikistonlik xonanda, o`zbekistonlik aktrisa, qozog`istonlik afsungar, qirg`izistonlik boshlovchi va boshqalardan tashkil topgan.

    Boshqa yangiliklar