Tata Steel Masters turniri peshqadami Karuana o`ziga yangi ustoz sifatida hamyurtimiz 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonovni tanladi.
Olamsport.com ning xabar berishicha, dunyoning eng kuchli shaxmatchilaridan biri bo`lib turgan Karuanaga hamyurtimiz 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonov murabbiylik qila boshladi. Amerikalik grossmeyster murabbiyini almashtirishga qaror qilgan va bu borada o`ziga yangi ustoz sifatida Qosimjonovni tanlagan.
Gollandiyaning Veyk-an-Zee shahrida start olib, bugundan Amsterdammga ko`chgan Tata Steel Masters turnirida amerikalik Fabiano Karuana peshqadamlik qilyapti.





