Har bir ayol chiroyli qomat sohibasi bo`lishni istaydi. Ayrimlar parhezlar tutadi, sport zallariga chopadi yoki fitnes bilan shug`ullanadi. Bularga imkoningiz yo`qmi? Xafa bo`lmang, uy ishlari ham fitnesdan kam foyda bermaydi! Uyni yig`ishitriganim bilan ozib qolmayman, deysizmi? Adashasiz.
Uyni tartibga keltirib ozamiz!
O`tirib-turing. Bolali uyda sir yotmaydi, ammo kiyim kechak va o`yinchoqlar sochilib yotishi aniq. Asabiylashmang-da, oyoqlaringizning chigilini yozing. Har bitta kiyim va o`yinchoqni o`tirib-turish mashqini bajarib, oling. Bu oyoqlaringizning ozishiga yordam beradi.
Engashing. Javonlar, mebellarni tozalashga kirishdingizmi, unda tik turing, qo`lingizni oldinga, kerakli buyum tomonga cho`zib, egiling. Kir mashinaga kiyimlarni solayotganda yoki olayotganda ham shunday harakatlaning. Bu haraktalarni nafaqat oldinga, yon tomonga ham qilish mumkin.
Hammasi birda. Pol yuvayotganda yordamchingiz shvabrani unuting. Oy davomida oldinga egilib pol yuvsangiz, vazningizdagi ortiqcha kilogrammlarjdan xalos bo`lasiz. Bunda yuqvoridagi ikki harakat birga takrorlanadi.
Qo`l va oyoqlar mashqi. Oynalar va eshiklarni yuvish ham kaloriyalardan xalos bo`lish uchun ayni muddao. Bunda aylana harakatlar qiling. Yuqoridan pastga qarab, yuving, ammo egilmang, tizzani bukib harakatlaning.
Eng foydali mashg`ulot esa changyutkich bilan uyni tozalash. Oyoqlar o`rtasini ochmang va ularni bukmang, qorinni va muskullarni tarang tortib, gavdani tik tuting.





