Toshkent shahri hokimi Rahmonbek Usmonovning 12 yanvar kungi Qaroriga ko`ra, Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Nukus ko`chasidagi ayrim turar va noturar binolar obodonlashtirish ishlarini olib borish maqsadida buziladi, deb xabar beradi “Uz24” nashri.
Buziladigan binolarning narxlash ishlarini “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi tomonidan o`tkaziladi. Tegishli komissiya buziladigan turar va noturar binolar egalariga beriladigan kompensasiya miqdori haqida xulosa taqdim etadi.
Binolarni buzish ishlari komissiya tomonidan xulosa taqdim etilganidan so`ng boshlanadi. Obodonlashtirish bo`yicha ishlar esa amalga oshirilmoqda. Yakkasaroy tumani hokimiyatiga binolar egalari bilan birga buzish ishlarini tashkillashtirish va hududni buzish natijasida hosil bo`ladigan chiqindilardan tozalash vazifasi yuklatildi.





