“O`zbeknavo” estrada birlashmasi Navro`z umumxalq bayramini yuqori saviyada o`tkazish hamda 2016 yil – Sog`lom ona va bola yiliga bag`ishlab milliy qadriyatlarimizga xos bo`lgan, milliy ohanglarga, ezgulik, mehr-muhabbat, insoniylik tuyg`ulariga yo`g`rilgan, ona tabiatni, go`zallikni, bahor faslining nafosatini aks ettirgan yangi qo`shiqlarni qabul qiladi.
Taqdim etilayotgan qo`shiqlar CD diskda yozilgan bo`lib, matni, muallifi, ijrochisi haqidagi to`liq ma`lumot bilan birga topshiriladi. Barcha xonandalar hamda hududiy bo`linmalar orqali olingan yangi qo`shiqlar to`plami Birlashmada ko`rib chiqiladi va eng yaxshi qo`shiqlar respublika miqyosida o`tkaziladigan Navro`z bayrami tantanalari dasturiga kiritiladi.
Qo`shiqlar “O`zbeknavo” estrada birlashmasida qabul qilinadi.





