AsosiySport

Messi uning futbolkasini polietilen paketdan yasab olgan bolaga yordam bermoqchi - FOTO

Qaynoq nuqtadan bo`lgan bolaning surati ijtimoiy tarmoqlarni portlatdi.

Argentina terma jamoasining jersisini eslatuvchi futbolkani polietilen paketdan yasab, kiyib olgan bolakay surati turk ishqibozlari bloglarida paydo bo`ldi va bir zumda butun dunyoga tarqaldi.

Dahuk shahrida yashovchi kichkintoyga Messining haqiqiy futbolkasini sovg`a qilish maqsadida Tvitter foydalanuvchilari kampaniya yo`lga qo`yishdi.

Bleacher Report nashrining xabar berishicha, fleshmobdan argentinalik futbolchining o`zi ham xabar topgan va bolakayga yordam qilish istagini bildirgan, biroq bolaning yashash joyini aniqlash qiyin kechadi.

 

 

    Boshqa yangiliklar