AsosiySport

Samvel Babayan: “Muxlislar oldida sha`nimizni tiklashimiz kerak edi”

O`zbekiston olimpiya terma jamoasining Osiy Chempionati guruh bosqichi 3-tur o`yinlari dorasidagi Yamanga qarshi kechgan uchrashuvidan so`ng bosh murabbiy Samvel Babayan matbuot anjumanida ishtirok etdi va o`yinlar haqidagi fikrlarini bildirib o`tdi. Bu haqda Uff.uz yozadi.

“Ushbu musobaqaga tayyorgarlik jarayonida yo`lga qo`yishga uringan o`yin uslubini yuqori darajada namoyish etib berishimiz lozim edi. Muxlislar oldida ham o`z sha`nimizni tiklashimiz talab qilinardi. Avvalgi o`yinlardagi natijalar o`yinga mos bo`lmagani, tasodif va assosiz bo`lgani isbotlashimiz kerak edi. Ushbu tarkibdagi futbolchilar tez orada milliy terma jamoa safiga qo`shiladi. Ayrimlari allaqachon bosh jamoada debyut qilib ulgurgan bo`lsa, yana ba`zilari asosiy tarkib futbolchilari sanaladi. Nima bo`lganda ham, ushbu tarkibda iqtidorli futbolchilar ko`p va ular yaqin kelajakda O`zbekiston milliy terma jamoasi sharafini munosib himoya qiladi, deb hisoblayman”, — deydi Babayan.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston olimpiya terma jamoasi U23 Osiyo chempionati guruh bosqichining so`nggi uchrashvida Yaman ustidan 3:1 hisobida g`alaba qozondi.

 

    Boshqa yangiliklar