Bugun yurtimizda har 100 oilaga 234 mobil telefon to`g`ri keladi.
Ushbu sohadagi o`sish 1,6 barobarni tashkil etayotgani Prezidentimiz Islom Karimovning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma`ruzasida qayd etildi.
Aytish joizki, 2013-2020 yillarda O`zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikasiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi qabul qilindi.
Ushbu dastur doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar 2014 yilda mamlakatimizda barcha avtomat telefon stansiyalarini raqamli tizimga o`tkazishni yakunlandi. Bu esa xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish tezligini sezilarli darajada oshirish imkonini berdi.





