AsosiySUG'DIYONA

Anjelina Joli yana muhokamalar markazida

Anjelina Jolining “Kung-Fu Panda 3” multfilmi taqdimot marosimidagi ko`rinishi keng muhokamalarga sabab bo`ldi. Bu haqda “Vogue” nashri xabar bermoqda.

40 yoshli aktrisa taqdimot marosimiga Saint Laurent brendining qora rangli kalta ko`ylagida namoyon bo`ldi. Uning tashqi ko`rinishi esa atrofdagilarga aktrisaning kasal ekanligi aniqrog`i anereksiya bilan og`rigani haqida gapirishiga asos bo`ldi.

Bundan bir necha oy avval Jolining turmush o`rtog`i Bred Pitt rafiqasining salomatligi uni xavotirga solayotganini aytib o`tgan edi. Anjelina Joli “Engilmas” kartinasining suratga olish ishlari bilan qochoqlar lagerlariga borganidan so`ng deyarli hech narsa emay qo`ygandi.

Pitt Jolining ozib ketmasligini nazorat qilish uchun maxsus murabbiy va oshpaz yollagan edi. Oilaning yaqinlari ma`lumot berishlaricha, Jolining tana vazni 38 kilogramm atrofida. Pitt rafiqasini klinikaga yotib, davolanishini talab qilyapti.

Sog`lig`i bilan bog`liq muammolarga qaramay, Joli faol ishlashni davom ettirmoqda. “Kung-Fu Panda 3” multfilmida u o`z qahramoni -ustoz yo`lbarsga ovoz berdi. Multfilmning ovozlashtirish jarayonida, shuningdek, Jek Blek, Dastin Xoffman, Lyusi Lyu, Keyt Xadsonlar ham ishtirok etgan.

    Boshqa yangiliklar