AsosiyJamiyat

2015 yilda iqtisodiyotning real sektoriga yo`naltirilgan kreditlar 42,7 trln. so`mdan ortdi

2015 yilda iqtisodiyotning real sektoriga yo`naltirilgan kreditlarning umumiy hajmi 2014 yilga nisbatan 27,3 foiz ko`payib, 2016 yilning 1 yanvar holatiga ko`ra, 42,7 trln. so`mdan ortdi. 

Banklarning investisiya maqsadlariga ajratilgan kreditlari hajmi ham 2014 yilga nisbatan 1,2 barobar oshib, 2016 yilning 1 yanvar holatiga ko`ra 10,2 trln. so`mni tashkil qildi, bu haqda O`zbekiston Respublikasi Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi

Davlatimiz rahbarining kichik biznesni rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish borasida ilgari surigan vazifalari ijrosini ta`minlash borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi va natijada soha subektlariga ajratilgan kreditlar hajmi o`tgan yilga nisbatan 1,3 barobar ko`payib, 2016 yilning 1 yanvar holatiga ko`ra 12,1 trln. so`mdan ortdi. 

Jumladan, mikrokreditlar hajmi 2,5 trln. so`mdan oshib, bu ko`rsatkich ham o`tgan yilga nisbatan 1,3 barobardan ziyodga o`sdi.

Tijorat banklari tomonidan ayollarning tadbirkorlik faoliyatini qo`llab-quvvatlashga yo`naltirilgan kreditlar hajmi o`tgan yilga nisbatan 1,3 barobar o`sib, shu yilning 1 yanvar holatiga ko`ra 1,2 trln. so`mdan oshib ketdi.

Shuningdek, banklar tomonidan yoshlarni, ayniqsa kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, ularning biznes loyihalarini moliyaviy qo`llab-quvvatlashga ham jiddiy e`tibor qaratilmoqda. O`tgan yili mazkur yo`nalishga ajratilgan kreditlar 277,8 mlrd. so`mni tashkil etdi yoki 2014 yilga nisbatan qariyb 1,4 barobar o`sishi ta`minlandi. 

 

    Boshqa yangiliklar