Bugun bo`lib o`tadigan O`zbekiston hamda Yaman terma jamoalari o`rtasidagi uchrashuv oldidan O`zbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan o`zining fikrlari bilan o`rtoqlashdi, deb yozadi Uff.uz.
"Men qila olishim bo`lgan yagona narsa bu - Iroqdan uchralgan mag`lubiyatdan keyin yigitlarni kayfiyatini ko`tarish. Shu bilan birga biz ham futbol o`ynay olishimizni namoyish etish. Avvalgi ikki o`yinni kuchli raqiblarga boy derdik. Uchinchi o`yinda shunchaki, biz avvalgilaridan yaxshiroq o`ynay olishmizni ko`rsatmoqchimiz", - deydi Babayan.





