Qatarda davom etayotgan Osiyo chempionatida ishtirok etayotgan O`zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun guruhdagi so`nggi tur uchrashuvini o`tkazadi.
Samvel Babayan shogirdlari bugun Yaman olimpiya terma jamoasiga qarshi to`p suradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:30da start oladi.
Eslatib o`tamiz, ikkala terma jamoa ham avvalgi tur bahslarida mag`lubiyatga uchragan va ushbu o`yin natijasi ahamiyati emas.





