Fransiya poytaxti Parij shahri markazidagi Vandom tarixiy maydonida joylashgan Ritz mehmonxonasi olov ichida qoldi, deb xabar beradi “TASS”.
Ma`lum bo`lishicha, yong`in mahalliy vaqt bilan soat 7:00 lar atrofida sodir bo`lgan. Mehmonxonaning kapital ta`mir uchun yopib qo`yilgan so`nggi qavati olov ichida qolgan. Hodisa joyiga o`t o`chiruvchilar va qutqaruv xizmati etib kelgan.
Vandom maydonidagi Ritz mehmonxonasi 1898 yilda tashkil etilgan bo`lib, dunyodagi eng hashamdor mehmonxonalardan biri sanaladi.
Mehmonxona taniqli misrlik tadbirkor Muhammad al-Fayedga tegishli.
Mehmonxona 2012 yilda kapital ta`mirlash uchun yopib qo`yilgan edi. 2016 yilning mart oyida o`z nihoyasiga etadigan ta`mirlash ishlarining umumiy qiymati €140 million deya baholanmoqda.





