AsosiyDunyo

Renault dvigatel ishini tekshirish uchun 15 ming avtomobilini chaqirib oladi

Fransiyaning Renault avtokonserni 15 mingta avtomobilini dvigatel ishini tekshirish uchun chaqirib oladi. Bu haqda mamlakat ekologiya vaziri Segolen Ruayal so`zlariga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

“Kompaniya o`zining 15 mingta avtomobilini ularning motori har qanday ob-havo sharoitida ham yaxshi ishlashini tekshirish va shunga moslashtirish maqsadida chaqirib olishga majbur bo`ldi”, - dedi vazir.

Joriy oy boshida Renault kompaniyasining bir nechta zavodlarida bir vaqtning o`zida tekshiruv ishlari o`tkazilgan edi. Tekshirish ishlari natijasida ma`lum bo`lishicha, Renault faoliyati mobaynida shu paytga qadar qonunga zid holatlar kuzatilmagan.

    Boshqa yangiliklar