AsosiySport

Ucell Ravshan Ermatovni mukofotladi

Evropa Klublari Assosiasiyasi talqiniga ko`ra, 2015 yilda “Yilning eng yaxshi hakami” Ravshan Ermatov Ucell kompaniyasi tomonidan uyushtirilgan tadbirda ishtirok etdi. Bu haqda “Uz24.uz” xabar bermoqda. Tadbirda shuningdek, kompaniya xodimlaridan tashkil topgan futbol jamoasi ham ishtirok etdi.

Ravshan Ermatov 5 yildan buyon Ucell kompaniyasi xizmatlaridan foydalanadi. Mana shu vaqt davomida taniqli hakam kompaniyaning bir necha reklama roliklarida suratga tushib, Ucell`ning yuziga aylandi. Tadbir davomida Ravshan Ermatovga uning shaxsiy hayoti, yutuqlari va mukofotlari haqida qiziqarli savollar berildi. “G`oliblar eng yaxshisiga munosib!”. Mazkur shiorga rioya qilgan holda,Ucell Ravshan Ermatovga tezkor internetli 4G paketi, Wi-Fi router va modemni topshirdi.

Kompaniya bosh direktori Tonu Gryunberg sovg`ani Ravshan Ermatovga topshirar ekan, barcha tadbir ishtirokchilariga g`alaba qozonishda muhim hisoblangan mustahkam sog`lik va o`zlariga bo`lgan ishonchni tiladi.  

 

    Boshqa yangiliklar