AsosiySUG'DIYONA

Sevimli va MY5`da “Muhabbat tafti” voqealari qizg`in rivojlanmoqda

 “Mening yurtim” telekanali orqali namoyish etilayotgan “Muhabbat tafti” serialining muxlislari kundan kunga ko`payib bormoqda. Biz esa serial qahramonlari bilan sizlarni tanishtirishda davom etamiz.

Aktyorlar haqida

Sana Xon

Ushbu serialda Lavanya Kashyap rolini Sana Xon ijro etgan.

Sana Xon 1993 yil  13 iyun kuni Mumbayda tavallud topgan.

Lavanya Kashyap  Arnav Singx Rayzodani sevadi, u uchun jonini berishga ham tayyor. Arnavning qarindoshlarining iltimosiga ko`ra Kxushi Lavanyaga milliy an`analarni o`rgata boshlaydi. Kxushining ta`siri ostida Lavanya oila muqaddasligini tushunib etadi. Keyinchalik Arnav uni sevmasligini tushunib etgach, undan voz kechadi.

Karerasining avvalida Sana model bo`lib ishlagan, rejissyorlarning nazariga tushgach, Sanani televideniega epizod rollarga taklif etishadi. Bir necha seriallarda ishtirok etgach, Sanaga “Muhabbat tafti” serialidan taklif tushadi. Sana ushbu serialda bor-yo`g`i etti oy faoliyat yuritdi..
Qiziqarli faktlar

Kxushi va Arnavning to`yi bo`layotgan sahna ko`rinishida aktrisa Sanayyaning o`rniga boshqa aktrisa rol o`ynagan. Chunki o`sha paytda aktrisa betob bo`lgan.

Serialda ayrim kamchiliklar ham ko`zga tashlanadi. Masalan, Arnavning xonasidagi jihozlar o`rni tez-tez o`zgarib qoladi.

Serial oxirlab qolganda, Arnav roli ijrochisi ishni tashlab ketishga qaror qiladi. Aktyor biryo`la to`rt-besh loyihada faoliyat yuritgani uchun qattiq toliqadi va ko`proq vaqtini oilasi bilan o`tkazishga qaror qiladi. Shundan keyin Arnav roliga  aktyor Viraf Firo`z Patel tasdiqlanadi. Lekin muxlislar serialning bosh qahramoni o`zgarishiga qattiq qarshilik ko`rsatishadi.

Voqealar rivoji

Anjali Kxushidan Lavanyani uyga olib borib qo`yishni iltimos qiladi. Lekin Kxushi  u erda Arnav borligini bilgani uchun iltimosni rad etadi. Anjali Kxushiga “agar shartnomani bekor qilsang, buning uchun jarima to`laysan” deydi.

Shyam  Kxushini Anjilining taklifiga qarshi qayraydi. Nani esa u uyda Lavanyaga qarshi Kxushiga o`xshagan qizni ko`rishni istaydi. Lavanya esa Kxushini bu uyda ko`rishni istamaydi va ketishga qaror qiladi.

Kxushi Naniga Lavanyani ro`zg`or ishlarini bajarishni o`rgataayotganini aytadi.U Lavanyaga choy damlashni va taom tayyorlashni o`rgatadi. Anjali ularga birgalikda kechki taom tayyorlashni buyuradi. Lekin bemavrid kelib qolgan Arnav Kxushini oshxonada ko`rib hoziroq chiqib ketishni talab qiladi.

Kxushini uyga Anjali taklif qilganini bilgan Arnav uni ham koyiydi. Anjali arazlab ketib qoladi. Uni ibodatxonadan topgan Arnav qo`polligi uchun uzr so`raydi. U bo`lib o`tgan voqealarda Kxushini ayblaydi.

Arnav Lavanyaga yoki uyni yoki ishni tanlaysan deb shart qo`yadi. Shyam har qancha harakat qilmasin Kxushini Rayzodalar oilasiga qarshi qo`ya olmaydi. Shyam o`zini Anjali va uning oilasiga yaxshi ko`rsatadi.

Kxushi Krishna tarixini gapirib berganda hamma lol bo`ladi faqat Arnav uning ustidan kuladi. Faqat Nani uning yonini oladi. Nani Kxushining oilasini Pudja bayramiga taklif qiladi lekin Lavanya buning oldini olishga kirishadi.

Polisiya kelib Lavanya qo`ng`iroq qilganini va Kxushining o`tmishini surishtirishni talab qilganini aytganda hamma hayratdan qotib qoladi.

Tazyiqlarga qaramay Kxushi ishini davom ettirishga qaror qiladi.

Akash Bua va Payyalni Pudjadan so`ng uyiga olib borib qo`yadi. Kxushi esa qoladi. Nani Arnavdan Kxushini eltib qo`yishni so`raydi.. Yo`lda ular urishib qolishadi va Arnav uni yarim yo`lda tashlab ketadi.

Keyinroq u qaytib keladi lekin Kxushi bilan ketishga ko`nmaydi. U uyga Arnav va Lavanyaning qiliqlaridan ezilib, charchab kirib keladi.

Payyalning Kxushiga rahmi keladi u qizga Arnav haqida turli qiziqarli voqealarni gapirib, ko`nglini ko`tarishga harakat qiladi.

Shyam Kxushini o`g`rilikda ayblash uchun Anjalining qimmatbaho taqinchog`ini o`g`irlaydi. Arnav Kxushiga baqirayotganda Anjali barcha aybni o`z bo`yniga oladi.

    Boshqa yangiliklar