AsosiySport

Samvel Babayan olimpiya terma jamoasi murabbiyligidan ozod etiladimi?

O`zbekiston Olimpiya terma jamoasi Qatarda qoniqarsiz ishtirok etdi. Olimpiadaga yo`llanma olish vazifasi bajarilmadi, deya xabar beradi Uff.uz. 

Shu munosabat bilan, O`zbekiston futbol federasiyasi prezidenti Mirabror Usmonov terma jamoa delegasiyasining Toshkentga qaytib kelishi bilan majlis o`tkazishi haqida ma`lumotga ega bo`ldik. 
O`FF prezidentiga yaqin bo`lgan norasmiy manbalarda olingan xabarlarga ko`ra, Samvel Babayan olimpiya terma jamoasi murabbiyligidan ozod etiladi.

Bundan tashqari, majlisda Terma jamoalar Markazining ishi ham muhokama qilinadi. Katta ehtimollik bilan Asqar Tolibjonov ham ishidan olinishi kutilmoqda. 

Hatto, terma jamoaning tibbiy xodimlaridan tortib, ma`murlarigacha kamida "xayfsan" berilishi ko`zda tutilgan. 

Voqealar rivoji kuzatib boramiz.

    Boshqa yangiliklar