16-17 yanvar kunlari “Nihol” mukofoti sovrindori xonanda Umidaxon yangi “Bio-bio” nomli qo`shig`iga klip suratga oldirdi. Eldor Qayumov so`zi va Jasur Badalboev aranjirovkasi bilan yaratilgan mazkur taronaga videoklipni Sarvar Karimov va Izzat Lutfullaev suratga oldi, deb xabar beradi “Qalampir.uz” nashri.
Klipni suratga olish ishlarining birinchi kuni to`y liboslari saloni, kafe va restoranlarda bo`lib o`tdi. Klipning trek qismi esa Toshkent shahrida joylashgan “Ilhom” teatrida suratga olindi.
Umidaxonning o`tgan yili kuylagan “Serial” qo`shig`i yoshlar orasida ancha ommalashgan bo`lsa-da ancha tanqidlarga sabab bo`lgan edi. Nashrning xabar berishicha, yangi “Bio-bio” klipi kutilganidek ommalashmasa xonanda faoliyatini bir muddat to`xtatishi mumkin.
18.01.2016 05:18





