Turkiya sharqida yuz bergan yo`l-transport hodisasi oqibatida 11 kishi hayotdan ko`z yumdi, yana olti nafari jarohatlandi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.
Ma`lumotlarga ko`ra, YTH Eron chegarasidagi Van provinsiyasida sodir bo`lgan. Talabalarni imtihonga olib ketayotgan mikroavtobus boshqa bir mikroavtobus bilan to`qnashib ketgan. Hodisa haqidagi boshqa ma`lumotlar hozircha yo`q.
5 noyabr kuni Antaliyada yuz bergan YTH oqibatida rossiyalik 12 yoshli maktab o`quvchisi hayotdan ko`z yumgan edi. Turkiyada olimpiadaga qatnashish uchun borgan bolani mashina urib yuborgan edi.





