AsosiyShou-biznes

Lola lisenziyasi olib qo`yilganidan minnatdorligini ma`lum qildi

Xonanda Lola “Redpen.uz” saytiga bergan intervyusida lisenziyasi olib qo`yilganidan minnatdor ekanligini aytib o`tdi.

“Menda ayollik ibtidosining ochilishiga yordam bergan lisenziya bilan bog`liq vaziyatdan minnatdorman. Chunki, siz doira ichida yugurayotgan olmaxondek tinib-tinchimay yurgan paytingizda yashashga ulgurmaysiz. Konsertlar, xonandalik faoliyati, yangi albomlar, dasturlar – bularning barchasi to`xtash va atrofga nazar solish, vaqt, umr o`tib borayotgani va boshqa hayot ham mavjudligini yodga olishga imkon bermaydi. Lisenziya bilan bog`liq holat menga nafas rostlashga va hayotdan aslida nima xohlayotganimni anglashga yordam berdi”, – deydi xonanda.

    Boshqa yangiliklar