AsosiyDunyo

Oshtaxtada Obamaning maymunlar yonidagi tasviri paydo bo`ldi

Suvenir oshtaxtalar ishlab chiqaruvchisi AQSh Prezidenti Barak Obamaning maymunlar yonidagi surati qanday qilib oshtaxtada paydo bo`lib qolganini izohladi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

 “Evrostil” kompaniyasi direktori Kirill Naumenko “Rus tilidagi yangiliklar xizmati” ga bergan intervyusida AQSh Prezidenti surati oshtaxtada tasodifan paydo bo`lib qolganini ma`lum qildi.

“Internetdan maymunlar tasvirlangan turli xil rasmlarni tanlab oldik. Bu qandaydir maxsus buyurtma emas, shunchaki kelayotgan yangi yilni ifodalovchi oshtaxtalar xolos. Internetga “kulguli maymunchalar” deb so`rov bersangiz, mana shunday rasmlar chiqib keladi”, — deydi u.

Naumenko shuningdek, suvenirning biron joyida AQSh Prezidenti Barak Obama haqida ma`lumot berilmagani, “Bu shunchaki maymunlar surati tushirilgan suvenir” ekanligini aytib o`tgan.

    Boshqa yangiliklar