AsosiySport

Benzema Fransiya terma jamoasi tarkibidan chetlatildi

Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Karim Benzema Fransiya Futbol Federasiyasi qaroriga ko`ra terma jamoa tarkibidan chiqarildi, deb xabar bermoqda “Lenta.ru”.

“Benzema terma jamoa tarkibida o`ynamasligi kerak degan qarorga keldim. Qarorimni terma jamoa bosh murabbiyi Dide Deshamga aytdim. U qarorimni ma`qulladi. Karim agar vaziyat o`zgarmasa Evropa-2016 chempionatida ishtirok etmaydi. Ammo men vaziyat o`z holiga qaytishiga umid qilaman”, — dedi Futbol Federasiyasi boshlig`i Noel Le Grae.

Joriy yilning 5 noyabrida Benzema shantajga aloqadorlikda ayblangan edi.

Karim Benzema Fransiya terma jamoasi tarkibida 2007 yildan beri to`p suradi. U faoliyati davomida 75 ta match o`tkazib, ularda 25 ta gol urgan. 

    Boshqa yangiliklar