So`nggi paytda Markaziy Osiyoni zilzilalar to`lqini qurshab olganday go`yo. Qisqa vaqt ichida O`zbekiston, Tojikiston, Qirg`iziston, Afg`oniston, Turkmaniston va Qozog`iston aholisi turli magnitudali zilzilalarni his etishdi.
So`nggi paytlarda tez-tez takrorlanayotgan zilzilalarning sababini Fanlar Akademiyasining Seysmologiya instituti laboratoriya mudiri Turdali Ortiqov Uzbekistan Today nashriga tushuntirdi.
– Zilzilalar davriyligi degan tushuncha mavjud: sokinlik ketidan faollik kuzatiladi. Bitta davr 40 dan 80 yilgacha davom etishi mumkin. Yaqinda bizda sokinlik davri yakunlandi. Katta avlod vakillari 1966 yilgi zilziladan so`ng Er «tinchlanganini», zilzilalar kam kuzatilganligini payqashdi. Sokinlik davrida ularning kuchini faqat maxsus uskunalar qayd eta oladi, odatda odamlar buni payqamaydi ham. Ayni damda biz seysmik faollik davri boshidamiz. Umuman olganda, biz seysmik faol hududda yashaymiz, bir yilda etti-sakkizta zilzila – bu normal holat.
Barbir odamlar havotirda 1966 yilni yodga oldingiz… O`sha hodisa qaytalnishi mumkinmi?
– Vayronakor oqibatlar zilzila markazida bo`ladi. Bunday misollar Toshkent tarixida bor. 1966 yilda zilzila juda katta vayronagarchiliklarni olib kelgan. Ammo 2008 yilni yodga oling? Bunday oqibatlar bo`lmadi. Bu esa bizdagi binolarning seysmik xavfdan holi qurilayotganidadir. 2008 yildagi zilzilaning o`chog`i 1966 yildagi kabi emasdi: juda chuqur edi. Ammo 50 yil oldin yuz bergan fojea shahar arxitekturasi bilan ham bog`liq edi, o`sha paytda asosan eski uylar vayron bo`lgan.
Mamlakatimiz hududida navbatdagi er qatlamlarining siljishiga yana 20-30 yil bor.
Qolgan zilzilalarning epimarkazi qo`shni mamlakatlarda, ular vayronagarchilik olib kelmaydi. Epimarkaz qanchalik uzoqda bo`lsa shuncha xavf yiroq bo`ladi.
Agar so`nggi 60 yildagi seysmik kuzatuvlarga nazar solsak, ushbu davrda epimarkazi O`zbekistonda bo`lgan 40 ta zilzila yuz berganini ko`rish mumkin, 53 – epimarkazi qo`shni davlatlarda. Bunda 6 va undan yuqori balli zilzilalar soni katta emas – 16 ta. Ilmiy nuqtai nazardan qaraganda havotirga o`rin yo`q





