Tojikiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi rahbari Sharif Said o`zbekistonlik ishbilarmonlar bilan uchrashdi.
Do`stona muloqotlar davomida Tojikiston va O`zbekiston o`rtasidagi ikkitomonlama munosabatlarning istiqbollari muhokama etildi.
Jumladan, mazkur sohada ishbilarmon va tadbirkor doiralar bilan aloqalar o`rnatish hamda Dushanbeda O`zbekiston savdo uyini ochish masalalari borasida fikr almashildi, deya xabar beradi Tojikiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati.
O`zbekiston ishbilarmon doiralari Tojikiston poytaxtida Savdo uyi ochishga tayyorliklarini hamda respublikaga oziq-ovqat, qishloq xo`jaligi, elektrotexnika, kimyo sanoati, tayyor tekstil mahsulotlari, qurilish materiallari etkazib berishga tayyorliklarini izhor etdi.





