Lisenziyasi olib qo`yilganidan so`ng telekanallarda kamnamo bo`lib qolgan xonanda Lola Yo`ldosheva “redpen.uz” saytiga bergan intervyusida shaxsiy hayoti, xususan turmush o`rtog`i bilan ajrashishi haqidagi savollarga javob berdi.
“Turmush o`rtog`im bilan ajrashganimning sababi- ishim emas. Bu erda boshqa shaxsiy sabablar mavjud. Qo`shiqlar esa chalg`ishning bir usuli edi. Turmush o`rtog`im bilan 2011 yilda ajrashganmiz. Hozirda ikkalamiz alohida, boshqa-boshqa oilalarda yashayotgan bo`lsak-da, do`stona munosabatlarni saqlab qolganmiz. Farzandlarimizdan hech narsani yashirmaganmiz, ularning barcha savollariga javob berib, kattalarning fe`l-atvori bir-biriga to`g`ri kelmasa hayotda shunday vaziyatlar bo`lib turishini tushuntirganmiz”, – deydi xonanda.
Lola, shuningdek kelajakda turmush o`rtog`i, ko`p farzandlari, umuman olganda, katta oilasi bo`lishini orzu qilishini ham aytib o`tgan.





