AsosiyJamiyat

Toshkentda miltillovchi faralar o`rnatilgan avtomobillar qidirilmoqda

Bu haqda bugun Facebook ijtimoiy tarmog`ining “Voditeli Tashkenta” guruhida xabar qoldirildi.

Guruh a`zolaridan birining aytishicha, IIV YHXB xodimlari tomonidan avtomobillar to`xtatilib, tormoz bosilib, uzoqni yorituvchi chiroq yoqib ko`rilishi so`ralmoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, ular haydovchilar tomonidan "joriy etilgan" yangi miltillovchi tormoz faralari va boshqa svetotexnika o`zgarishlarini qidirmoqda.

Bundan guruhdagi ayrim haydovchilar mamnun va yangi yilgacha yo`llarda tormoz bosilganda miltillaydigan chiroqlar qolmasligidan umidvor.

Ushbu guruh a`zolari tomonidan doimiy ravishda miltillovchi faralar tanqid ostiga olinadi.

Ushbu nazorat reydi haqida rasmiy ma`lumot berilmagan.

 

    Boshqa yangiliklar