AsosiySport

Odil Ahmedovning yillik maoshi ma`lum qilindi

Odil Ahmedov Rossiya chempionatida eng ko`p maosh oladigan futbolchilar ro`yxatida 55-o`rinni zabt etdi.

Sports.ru nashri Rossiya chempionatida to`p suradigan futbolchilar oladigan maosh bo`yicha navbatdagi yil reytingini e`lon qildi.

Ro`yxatning ilk pog`onasidan "Zenit" hujumchisi Xal o`rin oldi. Uning maoshi 7 million evroga teng. Aleksandr Kokorin va Esekiel Garay esa 5 million evro maosh bilan ikkinchi o`rinni qo`lga kiritgan. Uchinchi o`rin yiliga 4,5 million evro maosh oladigan Xavi Garsiyaga nasib qilgan.

O`zbekiston terma jamoasi sardori, "Krasnodar" yarim himoyachisi Odil Ahmedov yillik 1,7 million evro maosh bilan ro`yxatning 55-pog`onasini band etdi. Uning yillik maoshi 1,7 million evroga teng, deb yozadi uff.uz nashri.

 

    Boshqa yangiliklar