Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi “Ko`ksaroy” suv ombori qurilishi ishlari yakunlandi.
Langar tog`idan oqib tushuvchi soy, buloq va sel suvlari to`planishidan hosil bo`ladigan suv ombori 7,5 million kub metrgacha obi hayotni saqlash quvvatiga ega. 78 gektar maydonni egallagan mazkur inshootda to`planayotgan suv miqdori va tarkibini aniqlash, uni taqsimlash uchun zamonaviy uskunalar o`rnatilgan.Mutaxassislarning ta`kidlashicha, uning suv berish quvvati yiliga qariyb 12 million kub metr.
“O`zmaxsussuvqurilish” ixtisoslashgan kompaniyasi davlat korxonasi “Zarafshonmaxsussuvqurilish” filiali direktori Yoqub Yusupovning aytishicha, mazkur inshoot tumandagi salkam ming gektar ekin maydonini suv bilan ta`minlash, erlarning meliorativ holatini yaxshilash, muhimi, sel-toshqin va ofatlarning oldini olishga xizmat qiladi.
Suv omborining qurilish-montaj ishlariga qariyb 21 milliard so`m mablag` sarflandi.





