Amerikalik xonanda Keti Perri Forbes jurnali talqini bo`yicha o`tib borayotgan yilda eng ko`p haq to`langan xonandalar reytingining birinchi o`rnini egalladi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.
U 2015 yilda 135 million dollar miqdorida daromad olgan. Xonanda ko`plab gastrol safarlari va rekalama shartnomalari sabab mazkur daromadga ega bo`lgan.
“Musiqa o`zgardi. Qo`shiq yozish va albom yaratish-bu ishimizning bir qismi xolos”, — dedi Perri nashrga bergan intervyusida.
Jurnal hisob-kitoblariga ko`ra, ikkinchi o`rinni Britaniyaning pop-guruhi One Direction egallagan. Ularning yil davomida olgan daromadlari 130 million dollarni tashkil etgan.
90 million daromad olgan amerikalik xonanda Gart Bruks uchinchi o`ringa munosmb deb topildi.
Jurnal reytingining o`ntaligidan shuningdek, Teylor Svift (80 million), The Eagles (73,5 million), Kelvin Xarris (66 million), Djastin Timberleyk (63,5 million), Diddy (60 million), Fleetwood Mac (59,5 million) va Ledi Gaga (59 million) ham o`rin olgan.





