Xelsinkida harakat paytida mobil telefondan foydalanayotgan odam siymosi aks etgan yangi yo`l belgisi paydo bo`ldi.
Bu belgi haydovchi uchun ogohlantirish vazifasini o`taydi. Bu uchburchak sariq va qizil rangli belgida "Mobile people" so`zlari yozilgan bo`lib, telefonli odamlar ma`nosini anglatadi.
Qayd etish kerakki, bunday belgilar Stokgolmda ham o`rnatilgan edi. Biroq shahar transport departamenti belgilarni norasmiy deb topdi va oldirib tashladi. Bir yilcha avval Xitoyda telefonga mukkasidan ketgan odamlar uchun maxsus o`tish yo`lakchasi ham tashkil etilgan edi.





