AsosiyShou-biznes

Alisher Uzoqov shoirlikka qo`l urdi

Asli aktyor bo`lib tanilgan, keyin esa rejissyorlik va xonandalikka qo`l urgan Alisher Uzoqov bir muddat sport bilan professional darajada shug`ullanayotganini ma`lum qilgan edi. Kinolarda anchadan beri ko`rinmay qolgan aktyor o`z kasbini yana o`zgartirdi, deb xabar beradi “popcorn.uz”.

Alisher Uzoqov o`zini shoirlikda sinab ko`rmoqchi.  Bu haqda  aktyorning o`zi “Stand up show” konsert dasturida ma`lum qilgan. 

Buning isboti sifatida o`z ijodidan to`rt misra she`r ham aytib bergan.

Konsert dasturidan so`ng muxlislar aktyor haqida “Kinoga qaytsalar yaxshi bo`lar edi. Ularni yana kinoda ko`rishni xohlardik” degan fikrlarini bildirishgan. 

    Boshqa yangiliklar