2015 yilning yanvar-noyabr oylarida GM Uzbekistan ning Rossiyaga sotgan avtomobillari soni 18 753 tani tashkil etdi. Bu ko`rsatkich o`tgan yilning shu davriga nisbatan 47 foizga kam, deb yozadi “uz24.uz”.
GM Uzbekistan noyabr oyida Rossiya bozoriga 1634 dona avtomobil etkazib berdi. 2014 yilda bu ko`rsatkich 1883 tani tashkil etgan edi. Yanvar-noyabr oylarida Rossiyaga avtomobil sotish bo`yicha 21-o`rinni egalladi.
2015 yilning 11 oyida GM Uzbekistan'ning Rossiya bozoridagi ulushi o`tgan yilgiga qaraganda 1,6 dan 1,3 foizga kamaydi.





