AsosiyDunyo

Yirik halokatlarning 90 foizi ob-havo sababli yuz bergan

So`nggi yigirma yil ichida yuz bergan yirik halokatlarning 90 foizi aynan ob-havo sababli yuz bergan. Bu haqda Popular Science xabar qilgan.

Umumiy hisobda toshqin, jazirama va boshqa tabiiy ofatlar 606 ming kishining yostig`ini quritgan. 4,1 mlrd kishi turli darajada yo jismonan, yo moddiy zarar ko`rgan. Tabiiy ofatlardan ko`rilgan zararning umimiy qiymati 1,89 trillion dollarni tashkil etgan.

Hisob-kitoblar Xalqaro halokatlar ma`lumot bazasi (International Disaster Database, EM-DAT)dan olingan. Bu ro`yxatga quyidagi to`rtta toifadan biriga to`g`ri keladigan halokatlar joylangan.

1. 10dan ortiq kishi halok bo`lgan;

2. 100 dan ortiq kishi jabrlangan;

3. favqulodda holat e`lon qilingan;

4. ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun xalqaro yordam jalb qilingan;

Olimlarning fikricha, eng keng tarqalgan tabiiy ofat bu noqulay ob-havo sharoitidir. Shuningdek, bo`ron va tayfunlar ham tez-tez yuz berib turadi. Rivojlangan mamlmkatlarda yuqori harorat ham ana shunday ofatlar sirasiga kiritildi. Ekspertlar iqlim o`zgarishlari yana ko`plab noxush oqibatlarga olib kelishidan xavotir olishmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar