Fransiyalik olim Paskal Kontening ta`kidlashicha, Leonardo da Vinchining mashhur “Mona Liza” kartinasi bir necha qatlamdan iborat va u portret ostiga yashiringan haqiqiy Liza Gerardinining portretini topgan. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.
Kartina saqlanayotgan Luvr muzeyi xodimlari tadqiqotchining ma`lumotlarini izohlashdan hozircha bosh tortgan. Paskal Konte “Mona Liza” portretini o`rganishda o`zi yaratgan “qatlamlarni kuchaytirish usuli” dan foydalanmoqda.
“Texnologiya bizga portret ostiga yashiringan qatlamlarni ko`rish va uni piyoz tozalagandek tozalash imkonini beradi”, — deydi Konte.
“Mona Liza”ning tashqi qatlami ostida joylashgan portretda yon tomonga qarab turgan va Jokondaning tabassumisiz ayol ifodalangan.
Oksford universiteti san`at tarixi professori Martin Kemp Kontening portret ostiga yashiringan surat haqiqiy Liza Gerardinining tasviri ekanligini inkor etmoqda.
Britaniyalik san`at tarixchisi Endryu Grexem-Dikson fransuz tadqiqotchisinining fikrini tasdiqladi.
“Shubhasiz, bu asrimizning eng buyuk kashfiyotlaridan biri. Ko`pchilikning e`tiroz bildirishi tabiiy, axir portretniing nomini ham o`zgartirishga to`g`ri keladida”, —dedi tarixchi.
08.12.2015 11:00





