AsosiyDunyo

Fox News diktorlari Obamani haqoratlagani uchun efirdan chetlatildi

Fox News telekanali rahbariyati sharhlovchilaridan ikkitasini efir vaqtida Prezident Barak Obamaga nisbatan haqoratli so`zlardan foydalangani uchun ishdan chetlashtirdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Bu haqdagi ma`lumotlarni telekanal bosh direktori o`rinbosari Bill Shayn ham tasdiqlagan.

“Bugun Fox xodimlari  podpolkovnik Ralf Piters va Steysi Desh turli dasturlardagi izohlarida efir etikasiga umuman to`g`ri kelmaydigan so`zlardan foydalangan”, – dedi Shayn.

U shuningdek, telekanal rahbariyati bu kabi holatlarga “ko`z yummasligini” va ikki sharhlovchilarning ikki haftagacha efirdan chetlatilganini ham qo`shimcha qildi.

Diktorlardan biri Piters efir vaqtida qo`pol so`zlarni qo`llagani uchun uzr so`ragan. Uning sherigi Desh esa  Twitter`dagi sahifasida “qilmishlari” uchun “javob berishi” zarurligi haqida xabar qoldirgan.

    Boshqa yangiliklar