AsosiyDunyo

Moskva markazidagi portlash oqibatida 3 kishi jarohatlandi

Poytaxt huquq-tartibot organlari xodimlarining so`zlariga ko`ra, portlash Pokrovka ko`chasidagi 19 uy oldidagi avtobus bekatida yuz bergan, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

“Avtobus bekatlaridan birida noma`lum qo`lbola portlovchi moslamaning harakatga keltirilishi oqibatida portlash sodir bo`ldi”, — deyiladi xabarda.

Voqea joyiga bir nechta tez tibbiy yordam va qutqaruv xizmati brigadalari etib kelgan.

Voqea yuzasidan tergov tadbirlari o`tkazilmoqda.  Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, portlovchi moslama ko`p qavatli uy derazasidan yoki o`tib ketayotgan mashina oynasidan tashlab yuborilgan bo`lishi mumkin.

Portlash oqibatida jarohatlangan 28 va 29 yoshli ikki ayol shifoxonaga etkazilgan. Uchinchi 42 yoshli ayol jarohati uncha og`ir bo`lmagani uchun shifoxonaga borishni istamagan.

Boshqa yangiliklar