7 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:50 da Tojikiston hududida zilzila sodir bo`ldi.
Epimarkaz koordinatalari: shimoliy kenglikda 38,39 daraja, sharqiy uzunlikda 72,53 daraja bo`lib, magnitudasi Ms - 7,3 tashkil qildi.
Toshkentda zilzila kuchi 3 ballga baholandi. Bu haqda O`zbekiston FA seysmologiya institutining O`zbekiston raqamli seysmik tarmog`i ma`lumot berdi.





