AsosiyJamiyat

O`zbekiston iqtisodiyotiga qariyb 16 milliard dollar investisiya kiritildi

Keyingi 11 yilda, jumladan, joriy 2015  yilda yalpi ichki mahsulotning o`sish sur`atlari barqaror ravishda 8 foizdan yuqori bo`lib kelmoqda, makroiqtisodiy ko`rsatkichlar mutanosibligi, davlat byudjeti va to`lov balansining barqaror ravishda profisit bilan bajarilishi, eksport va oltin-valyuta zaxiralarining o`sishi ta`minlanmoqda.

Bu haqda Prezident Islom Karimov O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 23 yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimdagi ma`ruzasida ta`kidladi.

Davlatning tashqi qarzi esa yalpi ichki mahsulotga nisbatan 18,5 foizdan oshmayapti.

Joriy yilda iqtisodiyotimizga qariyb 16 milliard dollar qiymatidagi investisiya kiritildi va bu  asosiy fondlar  umumiy  hajmining salkam  23,3 foizini tashkil etadi.

O`tgan 5 yil davomida iqtisodiyotimizga jami bo`lib qariyb 67 milliard dollar   investisiya   yo`naltirildi,  buning 21 foizdan ortig`i xorijiy investisiyalardir.

 

    Boshqa yangiliklar