Kataloniyaning “Barselona” jamoasi hujumchisi Neymar Braziliyada kam ta`minlangan oilalar uchun ta`lim markazi ochdi.
Ushbu markaz San-Paulu shahri yaqinida joylashgan. Bu markazda kam ta`minlangan oila farzandlari bepul ta`lim olishlari va sport bilan doimiy ravishda shug`ullanishlari mumkin.
Xabarlarga ko`ra, Neymar ochgan markazda 10 ming bolaga xizmat ko`rsatilishi mumkin.





