FIFA tashkilotining Ijroqo`mi Syurix shahrida yig`ildi.
Ushbu yig`ilishdan ko`zlangan maqsad Jahon chempionatlaridagi terma jamoalarning ishtirokini 40taga ko`paytirish masalasi ko`rib chiqildi, - deb xabar bermoqda championat.com nashri.
Ijroqo`m mazkur masalani qabul qildi va 2026 yilgi Jahon chempionatidan boshlab ishtirokchilar soni 40taga etkazilishi mumkin.
Eslatib o`tamiz, 1934 - 1978 yillarda davomida JChda 16ta terma qatnashgan. 1982 yili 24taga ko`paygan. 1998 yildan beri esa, 32ta terma jamoa ishtirok etib keladi.





