“Stok Siti” jamoasi himoyachisi Glen Jonson Angliya Liga Kubogida “Sheffild”ga qarshi o`yindan so`ng tungi barda janjal ko`tardi.
Jonson tungi barda mast holatda chiqib ketgan va tashqarida turgan bir nechta xo`randalar bilan o`zaro mushtlashgan.
Voqea joyiga esa polisiya xodimlari etib kelgan va janjalni tinchlantirgan. Endilikda Glen Jonsonga klub tomonidan jiddiy jazo qo`llanishi kutilmoqda.





