Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Nikolya Anelka Hindistonning “Mumbay Siti” klubida to`p surmoqda. Anelka hind diyorida o`tkazgan vaqti to`g`risida o`z fikrlarini bildirib o`tdi.
- To`g`risi, men Hindistonga borishni istamayapman. Negaki, bu mamlakatda futbol men o`ylaganchalik emas. Pul ko`p. Jamoa xo`jayinlari katta sarmoyalar kiritmoqda. Biroq saviyadan darak yo`q. Hindistondagilar uchun millionlar o`yinni shunchaki ermakdir. Men bunday muhitda futbol o`ynashga o`rganmaganman, - deydi Anelka.





