AsosiySport

Zohir Pirimov: “Olmaliq”dan kuchli jamoaga o`tishim mumkin”

Yurtimizning iqtidorli yarim himoyachilaridan biri Zohir Pirimov uzoq yillardan buyon “Olmaliq” sharafini himoya qilmoqda. Bu yil ham Pirimov o`z o`yinlari bilan jamoaning g`alabalariga hissa qo`shdi. Xo`sh, yangi mavsum boshida Zohir Pirimov faoliyatini qaysi jamoada davom ettirmoqchi? Bu haqda futbolchi “Darakchi.uz” saytiga bergan suhbatida billirib o`tdi. 

- “Olmaliq” bilan tuzgan shartnomam yakunlanib boryapti. Rosti, jamoani almashtirish vaqti keldi. Faqatgina, jamoa almashtirsam, “Olmaliq”dan kuchliroq bo`lgan jamoaga o`tishim mumkin. O`rtamiyona jamoadan taklif tushsa, buni qabul qilmoqchi emasman. Shundoq ham “Olmaliq”dagi ishlarim yaxshi ketmoqda. Hozirda qator takliflar bor. Lekin avvalo bu erdagi taqdirimga oydinlik kiritib olishim va keyinchalik bir qarorga kelishim lozim bo`ladi, - deydi Pirimov.  

    Boshqa yangiliklar