Aloqa axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari sohasida nazorat bo`yicha davlat inspeksiyasi Ucell va Beeline mansabdorlarini ma`muriy jazoga tortdi. Bu haqda inspeksiya saytida ma`lum qilindi.
O`zbekiston Respublikasi qonunlari va normativ hujjatlari talablarini bajarilishini ta`minlash maqsadida mobil aloqa xizmatlari sifat ko`rsatkichlarini buzganliklari va radiochastota hamda radioelektron vositalardan noqonuniy foydalanganliklari uchun 2015 yil 27 noyabrda “UNITEL” va “COSCOM” MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan O`zbekiston Respublikasi ma`muriy javobgarlik kodeksining 152- moddasi, 1- qismi (radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurimalardan foydalanish tartiblarini buzish) va 153- moddasi (aloqa xizmatining sifatiga doir normalar va davlat tarmoq standartlarini buzish) talablariga asosan ma`muriy jazo choralari qo`llanildi.





